2026-07-18 22:09 @yoshlar_online telegram

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi: o‘zbekistonlik o‘quvchilardan 4 ta medal — 1 ta oltin va 3 ta kumush

Telegram postini ochish

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi: o‘zbekistonlik o‘quvchilardan 4 ta medal — 1 ta oltin va 3 ta kumush Bugun 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan: Rayhona Tuymurodova — oltin medal; Jasur Mustafoyev — kumush medal; Azizmuhammad Hafizov — kumush medal; Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq: nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: oltin medal uchun — 1 mlrd. 30 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln. soʻm; kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm; bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm.