AQSHda O‘zbekistonning mustaqillik bayramiga o‘zgacha munosabat bo‘lmoqda.
AQSHda O‘zbekistonning mustaqillik bayramiga o‘zgacha munosabat bo‘lmoqda. Dastlab Sietlda "1-sentabr O‘zbekiston mustaqilligi kuni" deb e’lon qilingan edi. Bu qaror O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Hujjatda mamlakatimizning so‘nggi 35 yildagi taraqqiyoti, iqtisodiy imkoniyatlari va xalqaro hamkorlikka ochiqligi alohida ta’kidlangan. AQSH poytaxti Vashington shahrida ham "1 sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni" deb e’lon qilindi.
Shuningdek, Oregon shtati ham 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi.