2026-07-16 22:29 @OlympicUz telegram

Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi boʻlishdi

Telegram postini ochish

Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi boʻlishdi Indoneziyada boks boʻyicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Biroz avval oʻtkazilgan U23 yosh toifasidagi final janglarida ham yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, peshqadamlikni saqlab qolishdi. Mazkur yosh toifasidagi yigitlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Oltin medal: -65 kg: Ilhomjon Ergashev -70 kg: Abdulloh Madaminov -80 kg: Fazliddin Erkinboyev +90 kg: Ozodbek Aliyev Kumush medal: -85 kg: Norbek Abdullayev -90 kg: Samir Sobirov Bronza medal: -55 kg: Faryozbek Doʻsmatov -60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov -75 kg: Abdulaziz Abdulhamidov Shu tariqa, mazkur qitʼa birinchiligida yosh bokschilarimiz barcha yoʻnalishlarda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni, muxlislarimizni samimiy qutlaydi. — Боксёры Узбекистана стали лучшими во всех возрастных категориях чемпионата Азии В Индонезии завершился чемпионат Азии по боксу среди спортсменов возрастных категорий U19 и U23. В финальных поединках турнира среди боксёров до 23 лет представители Узбекистана также выступили успешно и сохранили лидерство. Мужская сборная U23 завоевала 4 золотые, 2 серебряные и 3 бронзовые медали, что позволило ей занять первое место в общекомандном зачёте. Золотая медаль: -65 кг: Илхомжон Эргашев -70 кг: Абдуллох Мадаминов -80 кг: Фазлиддин Эркинбоев +90 кг: Озодбек Алиев Серебряная медаль: -85 кг: Норбек Абдуллаев -90 кг: Самир Собиров Бронзовая медаль: -55 кг: Фарёзбек Дусматов -60 кг: Абдурахмон Махмуджонов -75 кг: Абдулазиз Абдулхамидов Таким образом, на этом чемпионате Азии молодые боксёры Узбекистана заняли первое место в общекомандном зачёте во всех возрастных категориях. Национальный Олимпийский комитет Узбекистана искренне поздравляет Федерацию бокса страны, спортсменов, тренеров и всех болельщиков с этим успехом. #Boks #OsiyoChempionati