“Do‘stlik” festivaliga marhamat!
“Do‘stlik” festivaliga marhamat!
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 30-iyul sanasi yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan joriy yilning 23–31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha hududlaridagi so‘lim xiyobonlar, teatr va tomosha maydonlarida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi konsert dasturlari, qiziqarli madaniy-ma’rifiy hamda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etiladi.
Yoshlar ishlari agentligi barcha yigit-qizlarni hamjihatlik va totuvlikka chorlovchi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga hamda “Do‘stlik” festivalining faol ishtirokchisiga aylanishga chorlaydi.