Eldor Shomurodovning goli Jahon chempionatidagi eng chiroyli gol bo‘lishi mumkin
Eldor Shomurodovning goli Jahon chempionatidagi eng chiroyli gol bo‘lishi mumkin
Buning uchun sizning ovozingiz muhim!
FIFA 2026-yilgi mundialda urilgan gollardan 12 tasini saralab olib, ulardan eng chiroylisini aniqlash uchun ovozga qo’ydi.
Ular orasida Lionel Messi, Kilian Mbappe, Xulian Alvares, Erling Holand, Jud Bellingem kabi kabi yulduzlar bilan birga Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli ham o‘rin olgan.
Ovoz berish 27-iyulgacha davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, ayni shu gol avvalroq mundial guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topilgandi.