2026-07-21 15:51 @yoshlar_online telegram

Hozir 16 ta to‘qimachilik korxonasi kreditni qaytarish bo‘yicha sud jarayonlari cho‘zilayotgani sababli deyarli ishlamay turibdi.

Telegram postini ochish

Hozir 16 ta to‘qimachilik korxonasi kreditni qaytarish bo‘yicha sud jarayonlari cho‘zilayotgani sababli deyarli ishlamay turibdi. Ularning aksariyati yangi quvvatlar hisoblanadi. Buning oqibatida 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 400 million dollarlik eksport boy berilyapti. Ayrim banklar tomonidan bunday korxonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha ijobiy tajribalar borligi qayd etildi. Masalan, “Toshkent kotton” korxonasiga tashqi boshqaruv guruhi kiritilib, faoliyati tiklangan va bu yil 10 million dollarlik eksport qilingan. Mutasaddilarga qolgan korxonalarga mas’ullarni biriktirib, ishlab chiqarishni to‘liq tiklash topshirildi.