#Imtihon_2026
#Imtihon_2026
TALABGORLAR DIQQATIGA!
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!
2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.
SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Hurmatli ota-onalar va talabgorlar!
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.