2026-07-20 08:51 @Minsportuz telegram

Jahon chempionati: Ispaniya chempion, futbol bayrami o‘z nihoyasiga yetdi!

Telegram postini ochish

Jahon chempionati: Ispaniya chempion, futbol bayrami o‘z nihoyasiga yetdi! AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tgan 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etgan musobaqa bir oydan ortiq davom etib, millionlab muxlislarga unutilmas bahslar va yorqin futbol onlarini taqdim etdi. Musobaqa davomida turnirning yangi formati o‘zini oqladi. Ko‘plab terma jamoalar yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, pley-off bosqichida keskin va murosasiz bahslar kechdi. Turnir davomida bir qator rekordlar ham yangilandi. Jahon chempionati doirasida uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Angliya Fransiyani mag‘lub etib, bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Final bahsida esa Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.