Jizzax yoshlari uchun yangi imkoniyatlar maskanlari
Jizzax yoshlari uchun yangi imkoniyatlar maskanlari
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi ishchi guruhning Jizzax viloyatidagi amaliy o‘rganishlari Zarbdor va Baxmal tumanlarida davom etdi.
Zarbdor tumanidagi “Ravot” mahallasida qad rostlayotgan “Yoshlar markazi” va IT-park qurilishi ko‘zdan kechirildi.
Quvonarli jihati, bu yerda yoshlar uchun yangi kutubxona barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Baxmal tumanida esa davlat ko‘magida o‘z faoliyatini boshlagan o‘quv markazi hamda tashkil etilishi belgilangan xorijiy tillar markazi loyihasi bilan tanishildi.
Baxmal tog‘ida bunyod etiladigan “Yoshlar shaharchasi” kelgusida hudud yigit-qizlari uchun o‘ziga xos imkoniyatlar maydoniga aylanishi ta’kidlandi.
O‘rganishlar davomida “Oyqor” mahallasidagi “Baxmal Agrostar” bog‘ida mehnat qilayotgan yoshlar bilan samimiy suhbat qurildi.
Jizzax shahridagi “Jizzax junior” sport klubidagi yosh futbolchilar bilan yaqindan muloqot qilindi.