Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan.
Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi.
– Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz.
Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.
Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi.
Davlatimiz rahbari uchinchi yo‘nalish sifatida “sunʼiy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish vazifasini belgiladi.
– Bugun qaysi tadbirkor qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirsa, sunʼiy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo‘yicha izlansa, ertangi bozor uniki,
– dedi Prezident.