2026-07-17 20:04 @xushnudbek telegram

Kvotalar tasdiqlandi

Telegram postini ochish

Kvotalar tasdiqlandi #abituriyent Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi: Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati; Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.