2026-08-24 11:22 @yoshlar_tv telegram

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Telegram postini ochish

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident Farmoni. Unga ko‘ra, dam olish kunlari quyidagicha: 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami.