2026-07-18 20:43 @yoshlar_online telegram

Telegram postini ochish

#Live IChO-2026 — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish va taqdirlash marosimi boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, xorijiy elchixonalar vakillari, olimpiada ishtirokchilari, tegishli vazirlik va tashkilotlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bora O'zbekiston mezbonlik qilgan mazkur olimpiadada dunyoning 94 davlatidan kelgan 1 000 nafarga yaqin oʻquvchilar, jamoa rahbarlari, Xalqaro ilmiy qoʻmita aʼzolari, kuzatuvchilar hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Ular oʻtgan bir hafta davomida amaliy hamda nazariy sinovlar orqali o'z bilimlarini namoyish etishdi, shuningdek yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. Jarayonlarni quyidagi havola orqali JONLI EFIR da kuzatishingiz mumkin. Tadbir poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.