Oʻzbek boks sporti rivojiga muhim hissa qoʻshgan Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik
Oʻzbek boks sporti rivojiga muhim hissa qoʻshgan Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik
Sport vazirligi jamoasi mamlakatimiz boks sport tarixida oʻzining shonli gʻalabalari bilan oʻchmas iz qoldirgan Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Rufat Risqiyev sobiq ittifoq davrida Kuba mezbonlik qilgan jahon chempionatining gʻolibi boʻlgan. Monreal-1976 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan.
Xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan afsona - “Toshkent yoʻlbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan Rufat Risqiyev haqida badiiy film suratga olingan.
Uning koʻp yillik samarali mehnatlari inobatga olinib, davlatimiz tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Rufat Risqiyevning porloq xotirasi xalqimiz qalbida abadiy qoladi.