O‘zbekcha Vikipediyada bayram!
O‘zbekcha Vikipediyada bayram!
Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “WikiMarafon” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 350 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 6.2 milliondan ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa 300 millionni tashkil qilyapti.
O‘zbekcha Vikipediya turkiy tillar oilasida 3-o‘rinni, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan, o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni mustahkamlanib boraveradi!
#tilimiz_uchun