O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
Xalqaro Dealroom.co platformasi tomonidan e’lon qilingan Q2/H1 2026 Venture Capital Report natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston venchur investitsiyalar hajmining yillik o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 539,7 foizga oshgan. Ushbu natija bilan mamlakatimiz Keniya, Avstriya, Xitoy va AQSh kabi davlatlarni ortda qoldirib, global reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda texnologik tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay muhitning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlik bo‘yicha yetakchisiga aylanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Agarda siz ham O'zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, UzCombinatorning 2-mavsumiga ariza topshirib, startapingizni "Unicorn" darajasigacha olib chiqing.
Shoshiling, deadline: 20-iyul!