2026-07-19 22:13 @yoshlar_online telegram

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Telegram postini ochish

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan: Rayhona Tuymurodova — oltin medal; Jasur Mustafoyev — kumush medal; Azizmuhammad Hafizov — kumush medal; Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi. ℹ Ma’lumot o‘rnida, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik o’quvchilarga quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln soʻm; kumush medal uchun — 618 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln soʻm; bronza medal uchun — 412 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln soʻm.