2026-08-18 14:41 @yoshlar_online telegram

Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Telegram postini ochish

Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi. – Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda. Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor! – dedi davlatimiz rahbari yakunda. Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.