2026-07-19 11:56 @yoshlar_online telegram

Olimpiya shaharchasida WTT Youth Contender Tashkent II turniriga start berildi

Telegram postini ochish

Olimpiya shaharchasida WTT Youth Contender Tashkent II turniriga start berildi Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida stol tennisi bo‘yicha WTT Youth Contender Tashkent II xalqaro turniriga start berildi. Nufuzli musobaqada 22 davlatdan 300 nafardan ortiq iqtidorli yosh stol tennischi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Turnir xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bellashuvlar bir necha yosh toifasida o‘tkazilib, sportchilar xalqaro reyting uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritish yo‘lida o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Musobaqa 19–22-iyul kunlari davom etadi. Mazkur turnir yosh sportchilarning xalqaro tajribasini oshirish, ushbu sportni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.