Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi.
Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash.
Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi.
Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi.
Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.
“Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
– Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz,
– dedi davlatimiz rahbari.