2026-07-17 20:05 @yoshlar_online telegram

Respublika komissiyasi ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda

Telegram postini ochish

Respublika komissiyasi ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda Xabar berganimizdek, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi hududlarda o‘z o‘rganishlarini boshladi. Xususan, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi ishchi guruh ayni kunlarda Jizzax viloyatida amaliy o‘rganishlar olib bormoqda. Jizzax viloyatidagi o‘rganishlar davomida hududdagi IT-park faoliyati hamda “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida chet tillarini o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqot davomida yigit-qizlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning iqtidorini yanada oshirish, AT-startaplarini rivojlantirish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq manzilli ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlarning intilishlarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududdagi kutubxona va o‘quv markazlarini kengaytirish kabi loyihalarga zarur moliyaviy ko‘mak berilishi belgilandi. O‘rganishlar Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida qizg‘in davom etmoqda.