2026-07-16 17:24 @Press_Secretary_Uz telegram

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Telegram postini ochish

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali 87 ta mahallaning har biridan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu mahalla raislari hududi bo‘yicha master reja qilishni, bo‘sh yerlar, bino-inshootlarni iqtisodiy aktivga aylantirishni o‘ylamayotgani, tuman, viloyat, respublikadan kelgan rahbarlarga aniq masala qo‘ya olmayotgani bilan ham bog‘liq. Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida joriy yil 7,5 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha g‘olib chiqmagan. Davlatimiz rahbari mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik aynan shunday amaliy natijalar bilan o‘lchanishini ta’kidladi. Yig‘ilishda mahallalarda kichik loyihalarni ko‘paytirish va aholini ishli qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi olti oyda banklar tomonidan kichik-kichik loyihalar uchun 18,5 trillion soʻm resurs ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobidan 110 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 259 ming odam ishli boʻldi. Lekin 47 ta mahallada bor-yoʻgʻi 2 tadan mikroloyiha ishga tushirilgan.