2026-08-18 12:32 @yoshlar_online telegram

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan.

Telegram postini ochish

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi. Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi. To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.