Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam.
Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish — poytaxt kelajagi uchun eng zarur ustuvor yo‘nalishlardan.
Aynan shu sababdan shahardagi qator muhim obyektlarni borib ko‘rdim. Har bir maskanning o‘z o‘rni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta — ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantirish.
Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Bu yerda barcha emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoitni yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish, odamlar mazmunli hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun imkon qadar ko‘proq ochiq maydonlar yaratishdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish lozim.
Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishmoq juda muhim.
—
Ташкент активно развивается, но зелёных зон городу критически не хватает. Поэтому создание парков и озеленение приобретает первостепенное значение.
Именно с этой целью я посетила несколько важных городских объектов. У каждого своя задача, но цель одна — сделать их удобными для жителей.
Осмотрели парк на улице Афросиаб. Эту парковую зону планируется сделать доступной для всех. Также обсудили обновление улицы Сайилгох, проспекта Амира Темура с прилегающей территорией и расширение Экопарка имени Бабура и парка имени Мирзо Улугбека.
Главный приоритет — вернуть столице статус зелёного города, создать как можно больше пространства для людей, для их активного отдыха и прогулок. Продолжить развивать доступную среду, озеленение, безопасность и эффективно
использовать существующую инфраструктуру.
И эту задачу надо решать уже сейчас, чтобы обеспечить высокое качество жизни горожан.