2026-08-24 07:57 @Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady telegram

Toshkent shahrida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram postini ochish

Toshkent shahrida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma dastur doirasida Birinchi xonimlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Markaz ekspozitsiyalari O‘zbekiston hududida shakllangan qadimiy sivilizatsiyalardan tortib, bugungi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot bosqichigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni yaxlit manzara sifatida namoyon etadi. Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva “Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar” zali, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” zali bilan tanishdilar. O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettiruvchi muzey eksponatlarini ham ko‘zdan kechirdilar. Tashrif yakunida Birinchi xonimlar ekspozitsiyaning ma’naviy va me’moriy markazi bo‘lgan “Qur’on zali” bilan tanishdilar. Zalning eng noyob yodgorligi Usmon Mushafi bo‘lib, u muqaddas Qur’onning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biridir. VII asrga mansub ushbu noyob islom yozma madaniyati yodgorligi UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro reyestriga kiritilgan. Samimiy suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi, shuningdek, ikki qardosh xalqni mushtarak tarix, madaniy an’analar va ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turgani alohida ta’kidlandi. — Первая леди Узбекистана Зироат Мирзиёева и Первая леди Азербайджана Мехрибан Алиева провели встречу в городе Ташкенте. В ходе совместной программы Первые леди посетили Центр исламской цивилизации, экспозиции которого представляют целостную историческую картину развития цивилизаций на территории Узбекистана, начиная с древнейших эпох и заканчивая современным этапом становления Нового Узбекистана. Зироат Мирзиёева и Мехрибан Алиева ознакомились с залом «Цивилизации доисламского периода», экспозициями, посвящёнными Первому и Второму Ренессансам, а также залом «Новый Узбекистан». Также осмотрели музейные экспонаты, отражающие многовековые исторические и культурные связи между народами Узбекистана и Азербайджана. В завершение Первые леди осмотрели зал Корана — духовный и архитектурный центр экспозиции. Его главным достоянием является Мусхаф Усмана — одна из древнейших сохранившихся рукописей Священного Корана. Этот уникальный памятник исламской письменной культуры, датируемый VII веком, включён в международный реестр ЮНЕСКО «Память мира». В ходе теплой беседы была отмечена важность дальнейшего укрепления гуманитарных и культурных связей между Узбекистаном и Азербайджаном, а также общность истории, культурных традиций и духовных ценностей, объединяющих братские народы двух стран.