Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi: Hududlarda o‘rganishlar boshlandi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi: Hududlarda o‘rganishlar boshlandi
Davlatimiz rahbari tomonidan 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohani rivojlantirishga qaratilgan 50 ga yaqin ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini amaliyotga to‘laqonli joriy etish maqsadida Respublika komissiyasi ishchi guruhi hududlarda o‘rganish ishlarini boshladi.
Ayni kunlarda komissiya a’zolari Samarqand, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida yoshlar bilan ishlash tizimini tahlil qilmoqda.
1. O‘rganishlar davomida asosan yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish, kredit ajratishdagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda faoliyati to‘xtab qolgan yosh tadbirkorlarga ko‘maklashish;
2. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ishsiz yigit-qizlarni AT, xorijiy tillar va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish;
3. Hududlarda “Yoshlar xabi” markazlari, “Yoshlar innovatsion bog‘lari” va zamonaviy kitob do‘konlarini tashkil etish loyihalari;
4. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning individual portretini yaratish va daromadli mehnatga jalb qilish.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolar imkon qadar joyida hal etilib, har bir hudud kesimida mas’ullar belgilangan hududiy “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi.